14 fev 19:53
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorovning Magnus Karlsenga qarshi o'yini yakunlandi
Germaniyaning Gamburg shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Freestyle Chess G.O.A.T Challenge" turniri davom etmoqda.
Bugun musobaqada yarim finalning javob uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Yarim finalda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov jahon reytingi peshqadami Magnus Karlsenga qarshi dona surdi.
Ushbu uchrashuv durang hisobida yakunlandi. Ammo kechagi mag'lubiyat sabab yakuniy hisob 0,5 : 1:5 ko'rinishiga keldi va Magnus Karlsen finalga yo'l oldi.
Endi Abdusattorov ertaga uchinchi o'rin uchun Karuana - Aronyan o'yinida mag'lub bo'lgan shaxmatchiga qarshi dona suradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar