21 jan 07:18
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek hamon yakka peshqadam, Magnus Karlsen 11-o'ringa tushib ketdi
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Tata Steel Chess-2023" turniri davom etmoqda.
Kecha "Masters" guruhida o'tkazilgan 6-turning 7 ta uchrashuvidan 5 tasida durang natija qayd etildi. Raqibi bilan murosaga kelganlar orasida Nodirbek Abdusattorov ham bor. Hamyurtimiz 6 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg'arib, hamon turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi.
Uni taqib etayotgan mezbonlar vakili Anish Giri ham kecha durang o'ynadi. U 4 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Kecha g'alaba qozongan Fabiano Karuana 4 ochko bilan 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen bu safar raqibi bilan durangga imzo chekdi va buning natijasida turnir jadvalida 11-o'ringa tushib ketdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar