18 noy 19:41
Yangiliklar
Nodirbek Yakubboev Jahon kubogi 1/2 finalida!
Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi ishtirokida boshlangan nufuzli musobaqada bugun 1/4 finalning ikkinchi partiyalari o'ynaldi. Grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev germaniyalik Aleksandr Donchenkoga qarshi kechgan chorak finalning javob uchrashuvida o'zi uchun kerakli bo'lgan durang natijani qayd eta oldi. Kechagi ilk uchrashuvdagi g'alaba evaziga hisob 1,5:0,5 ko'rinishiga keldi va hamyurtimiz Jahon kubogining 1/2 finaliga yo'l oldi.
19 yoshli Javohir Sindarov esa bugungi ikkinchi partiyada ham meskikalik raqibi Xose Martines Alkantara bilan durangga imzo chekdi. Ertaga shaxmatchilar hal qiluvchi tay-brekda o'zaro hisob-kitob qilishadi. Meksikalik bu shaxmatchi turnir kashfiyotiga aylanib ulgurgani va uchinchi bosqichda Nodirbek Abdusattorovni mag'lubiyatga uchratganini eslatib o'tish joiz.

Fikrlar