09 apr 11:58
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Yoqubboev SHarja turniri chempioni, Javohir Sindarov esa bronza medali sohibi bo'ldi
Birlashgan Arab Amirliklarining SHarja shaxrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari buyicha "Sharjah International Chess Championship-2022" xalkaro turniri o'z yakuniga etdi.
Turnirda 35 mamlakatdan 200 ga yakin sportchi ishtirok etdi. O'z tarixida 27-marotaba o'tkazilgan musobaqada mamlakatimiz sharafini 4 nafar shaxmatchimiz Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboev, Nilufar Yoqubboeva va SHahnoza Sabirova himoya qildi.
Blic-turnirda grossmeysterimiz Nodirbek Yoqubboev 9 partiyada 8 ochko jamg'arib, 1-o'rinni egalladi. Yoqubboev bu bilan oltin medal va turnir kubogini qo'lga kiritdi. SHuningdek, yana bir grossmeysterimiz Javohir Sindarov ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. SHaxmatchimiz 3-o'rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar