So’nggi yangiliklar

18:27Расман! Роберт Левандовски "Барселона"ни тарк этади 0 18:06Каранонинг мураббийи: "Жина қўлларида эркаклардек уради, оёқларида эса отдек тепади" 0 17:45Менежер Ломаченконинг қайтиш режалари ҳақида гапирди 0 17:24MVP жангчилари тарозида: Роузи ва Карано хонимлар уддалади, Нганну рақибидан 16 кг оғир тош босди 0 17:03Корея ЖЧ-2026 учун қайдномасини эълон қилди 0 16:42"Кечаси аҳволи ёмонлашди". Царукян Чимаев UFC 328 олдидан қандай ҳолатда бўлганини айтди 0 16:21Конор Макгрегор 2026 йилда UFC’да энг кўп допинг-тест топширган жангчига айланди 0 16:00WBO Бивол — Айферт жанги ғолибига мажбурий даъвогар ким бўлишини маълум қилди 0 15:39"Аякс" "Барселона"нинг икки нафар дарвозабони билан шартнома имзолашга қизиқиш билдирмоқда 0 15:18Арман Царукян Илия Топуриянинг кучли жиҳатларини айтди 0 14:57Тош кўтарувчиларимиз Осиё чемпионатида 18 та медаль қўлга киритишди 0 14:36Жон Жонс фаолиятидаги энг қийин рақибларини айтди 0 14:15"Арсенал" товон пули 80 млн евролик футболчига жиддий қизиқиш билдирмоқда — The Sun 0 13:54Арман Царукян: "Ёқимсиз, лекин бошқа чора йўқ" 0 13:33Тошкентда ўтадиган проф бокс оқшомининг яна бир қизиқарли жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0

14 iyu 08:04
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbekdan kambek! O'zbekiston Jahon chempionatining rapid bahslarini nechanchi o'rinda yakunladi?

Buyuk Britaniyaning London shahrida rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jamoaviy Jahon chempionati davom etmoqda.

Dunyoning 55 jamoasi ishtirok etayotgan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham kuchli tarkibda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bormoqda. Tarkibda Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, SHamsiddin Vohidov singari etakchi grossmeysterlarimiz bor.   

Jamoaviy jahon chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi 500 000 evro bo'lib, rapid uchun 310 000, blic uchun esa 190 000 evro ajratilgan. Musobaqaning dastlabki uch kuni rapid bo'yicha 12 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi. Terma jamoamiz kecha hal qiluvchi uchinchi kungi bahslarda 2 g'alaba, 1 tadan durang va mag'lubiyat qayd etdi. So'nggi 12-turning oxirgi uchrashuvida Nodirbek Abdusattorov dahshatli kambekni amalga oshirdi. Reytingda o'zidan yuqori franciyalik Alireza Firuzdjaga qarshi durang yoki mag'lubiyatga qarab borayotgan bahsni g'alabaga aylantirib yubordi. Bu esa Hikaru Nakamura, Uesli So, Maksim Vashe-Lagrav, Aleksandra Kostenyuk singari mashhur shaxmatchilarga ega WR Chess Team jamoasining 3,5:2,5 hisobida taslim etilishiga sabab bo'ldi.   

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Global Ramblers 5:1, Isroil terma jamoasi 4,5:1,5 hisobida mag'lub etildi. Malcolm's Mates va Hexamind jamoalari bilan 3:3 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdik. Tarkibiga mashhur grossmeysterlarni jamlagan Hexamind jamoasiga qarshi bahsda Javohir Sindarov amaldagi chempion Volodar Murzinni, Nodirbek Abdusattorov esa Levon Aronyanni mag'lub etishni uddaladi. Rustam Qosimjonov va SHamsiddin Vohidov o'z partiyalarini durang bilan yakunlashdi. Afsuski, Afruza Hamdamova va Nilufarxon Imomqo'zieva raqiblariga yutqazib qo'yishdi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi rapid bahslarini 7 g'alaba, 3 durang, 2 mag'lubiyat bilan 17 ochko to'plagan holda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ragina 4-o'rinda yakunladi. Biz kabi 17 ochko jamg'argan Freedom jamoasi qo'shimcha koeficentlarga ko'ra bronza medalini qo'lga kiritdi. Team MGD1 jamoasi 21 ochko bilan rapid bo'yicha jahon chempioniga aylandi. Hexamind Chess Team jamoasi 20 ochko bilan kumush medallarga ega chiqdi. 

Darvoqe, O'zbekiston terma jamoasi 30 000 evro miqdorida mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. Bugun jahon chempionatining jamoaviy blic bahslari boshlanadi. Jamoalar 4 ta guruhda bahslarga kirishishadi. Har bir guruhdan eng yaxshi natijaga erishgan 4 jamoa pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. 

O'zbekiston terma jamoasi qura natijasiga ko'ra, S guruhida Duobeniajan Costa Calida ESJ, Youth KG, Berlin Chess Federation, Wood Green Youth, Rookies, Chess Rising Stars, e-therapeutics, Generation XYZA, ANI, OlalaStars, Germany and Friends va Mongolia-B jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing