04 apr 21:19
Yangiliklar
SHaxmat
"Nomzodlar turniri". G'alabali seriya davom etadi. Sindarovning navbatdagi qurboni CHin yurti vakili!
Kiprning Peyya shaharchasida o'tkazilayotgan mukofot jamg'armasi 1 million evroni tashkil etuvchi "Nomzodlar turniri"da 6-tur uchrashuvlari o'tkazilmoqda.
Quvonarlisi, biroz avval amaldagi Jahon Kubogi g'olibi Javohir Sindarov 6-turda qora donalarda o'ynaganiga qaramay, xitoylik grossmeyster Vey Yini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi.
Bugungi g'alabadan so'ng Javohir 6 imkoniyatdan 5,5 ochko to'plab, turnir jadvalida yakka peshqadamligini davom ettirmoqda. Qolgan partiyalar davom etmoqda.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar