08 apr 21:28
Yangiliklar
SHaxmat
"Nomzodlar turniri". Javohir Sindarov mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda
Kiprning Peyya shaharchasida shaxmat bo'yicha nufuzli "Nomzodlar turniri" davom etmoqda.
Musobaqada Jahon kubogining amaldagi g'olibi sifatida hamyurtimiz Javohir Sindarov ham ishtirok etayotganidan xabaringiz bor.
Javohir bugun 9-tur doirasida germaniyalik Matteus Blyuemaumga qarshi qora donalarda o'yin o'tkazdi va murosa yo'lini tanladi. Durang.
SHu tariqa, Sindarovning ochkolari soni 9 ta turdan so'ng 7 ochkoga etdi.
Qolgan partiyalar davom etmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar