So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

02 apr 09:07
Yangiliklar

SHaxmat

"Nomzodlar turniri". Karuanani mag'lub etgan Sindarov 4-turning eng yaxshi shaxmatchisi!

Kiprning Peyya shaharchasida o'tkazilayotgan mukofot jamg'armasi 1 million evroni tashkil etuvchi "Nomzodlar turniri" shaxmat turnirida 1 ochkolik tafovut bilan o'zbek grossmeysteri peshqadamlik qilmoqda.

Xabar berganimizdek, kecha musobaqaning 4-turida amaldagi Jahon Kubogi g'olibi Javohir Sindarov uchinchi g'alabasini tantana qilgandi. Hamyurtimiz oq donalarda asosiy raqibi, 4-turga qadar o'zi singari 2,5 ochkoga ega bo'lib turgan, dunyoning amaldagi uchinchi raqamli shaxmatchisi amerikalik Fabiano Karuanani mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Ushbu g'alabadan so'ng Javohir 4 imkoniyatdan 3,5 ochko to'plab, turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib oldi. Karuana 2,5 ochko bilan 2-o'rinni saqlab qoldi. 

To'rtinchi turda Anish Giri ham g'alabaga erishdi. Niderlandiyalik shaxmatchi qora donalarda o'ynaganiga qaramay, FIDE bayrog'i ostidagi rossiyalik Andrey Esipenkoni taslim eta oldi. Qolgan ikki partiyada kuchlar teng keldi. Rameshbabu Praggnanandha, Mattias Blubaum va Anish Giri 2 ochko bilan kuchli beshlikni yakunlab turibdi. 

Etiborga molik jihati shundaki, Javohir Sindarov 3-turda bo'lgani singari 4-turning ham eng yaxshi shaxmatchisi deb topildi. Bugun turnirda dam olish kuni sifatida elon qilingan. Ertaga 5-turda Javohir Sindarov qora donalarda yana bir amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamuraga qarshi bahs olib boradi. 

Malumot uchun, Sindarov Jahon toji uchun o'ynash imkoniyatini beradigan turnirda ishtirok etayotgan birinchi o'zbek shaxmatchisi hisoblanadi. O'n to'rt turdan iborat mazkur turnir g'olibi jahon toji uchun hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi dona suradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing