03 apr 21:22
Yangiliklar
"Nomzodlar turniri". Nakamura ham mag'lub etildi. Ketma-ket g'alabalar
Xabar berganimizdek, kecha musobaqada dam olish kuni edi. Ayni daqiqalarda 5-tur uchrashuvlari o'tkazilyapti va quvonarlisi, amaldagi Jahon Kubogi g'olibi Javohir Sindarov ketma-ket g'alabasini tantana qildi. Bu safar hamyurtimiz qora donalarda o'ynaganiga qaramay, reytingda o'zidan yuqorida borayotgan amerikalik Hikaru Nakamurani mag'lubiyatga uchrata oldi. Bundan avvalgi turda dunyoning amaldagi uchinchi raqamli shaxmatchisi amerikalik Fabiano Karuana ham taslim etilgan edi.

Ushbu g'alabadan so'ng Javohir 5 imkoniyatdan 4,5 ochko to'plab, turnir jadvalida yakka peshqadamligini davom ettirmoqda. Sindarov Jahon toji uchun o'ynash imkoniyatini beradigan turnirda ishtirok etayotgan birinchi o'zbek shaxmatchisi hisoblanadi. O'n to'rt turdan iborat mazkur turnir g'olibi jahon toji uchun hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi dona suradi.

Fikrlar