So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

01 apr 08:21
Yangiliklar

SHaxmat

"Nomzodlar turniri". Sindarov 3-turda Praggni mag'lub etdi va peshqadamligini saqlab qoldi

Kiprning Peyya shaharchasi shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million evroni tashkil etuvchi "Nomzodlar turniri"ga mezbonlik qilmoqda.

Xabar berganimizdek, musobaqada amaldagi Jahon Kubogi g'olibi hamyurtimiz Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Grossmeysterimiz ilk turda rossiyalik Andrey Esipenkoni mag'lub etib, ikkinchi turda germaniyalik Mattias Blubaum bilan murosaga kelgandi. 

Uchinchi turda esa qora donalarda o'ynaganiga qaramay, o'zi singari 1,5 ochkoga ega bo'lib turgan hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhani chiroyli tarzda taslim etishga muvaffaq bo'ldi. Bu turda amerikalik Fabiano Karuana ham zafar quchdi. U oq donalarda o'ynab, xitoylik Vey Yini mag'lubiyatga uchratdi. Qolgan ikki partiyada tomonlar murosaga kelishdi. Blubaum Esipenko, Hikaru Nakamura niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o'ynadi. 

Etiborga molik jihati shundaki, Javohir Sindarov 3-turning eng yaxshi shaxmatchisi deb topildi. Bu g'alabadan keyin hamyurtimiz 2,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Fabaino Karuana hisobida ham 2,5 ochko bo'lib, u ikkinchi o'rinni band etgan. Javohirga yutqazgan Rameshbabu Praggnanandha 1,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. Blubaum hisobida ham 1,5 ochko bor. Qolgan to'rt grossmeyster 1 ochkodan to'plashgan. 

Bugun Javohir Sindarov 4-turda oq donalarda asosiy raqibiga aylanib qolgan Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi. Bu tur partiyalari ham bizning vaqt bilan soat 17:30da boshlanadi. Javohir Jahon toji uchun o'ynash imkoniyatini beradigan turnirda ishtirok etayotgan 1-o'zbek shaxmatchisi hisoblanadi. O'n to'rt turdan iborat mazkur turnir g'olibi jahon toji uchun hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi dona suradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing