05 apr 09:59
Yangiliklar
"Nomzodlar turniri". Sindarov ketma-ket to'rtinchi bor tur shaxmatchisi! (6-tur natijalari+turnir jadvali)
Xabar berganimizdek, kecha nufuzli musobaqaning 6-turida grossmeysterimiz Javohir Sindarov qora donalarda o'ynaganiga qaramay, xitoylik Vey Yini mag'lubiyatga uchratgandi. Ushbu g'alaba sabab Javohir 1,5 ochko farq bilan peshqadamga aylanib oldi. Bunga uning eng yaqin taqibchisi amerikalik Fabiano Karuananing rossiyalik Andrey Esipenko bilan durang o'ynagani sabab bo'ldi.

Oltinchi turning 4 ta partiyasidan 3 tasida durang natija qayd etildi. Yagona g'alabaga Javohir Sindarov erishdi. Hamyurtimiz ketma-ket to'rtinchi turda ham eng yaxshi shaxmatchi deb topildi. Bugun grossmeysterimiz 7-tur doirasida Niderlandiya vakili Anish Giriga qarshi oq donalarda o'ynaydi.

Ayni paytda Javohir 6 imkoniyatdan 5,5 ochko to'plab, turnir jadvalida yakka peshqadamligini davom ettirmoqda. Giri 3 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rindan joy olgan.
Turnir jadvali bilan tanishing:

Fikrlar