So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

04 apr 12:04
Yangiliklar

SHaxmat

"Nomzodlar turniri". Sindarov ketma-ket uchinchi marta turning eng yaxshi shaxmatchisi!

Kiprning Peyya shaharchasida o'tkazilayotgan mukofot jamg'armasi 1 million evroni tashkil etuvchi "Nomzodlar turniri"da o'zbek grossmeysteri 1 ochkolik tafovut bilan peshqadamlik qilmoqda.

Xabar berganimizdek, kecha musobaqaning 5-turida amaldagi Jahon Kubogi g'olibi Javohir Sindarov musobaqadagi to'rtinchi, qatorasiga uchinchi g'alabasini tantana qildi. Hamyurtimiz qora donalarda o'ynaganiga qaramay, reytingda o'zidan yuqorida borayotgan amerikalik Hikaru Nakamurani mag'lubiyatga uchratdi. 

Etiborlisi, Javohir Sindarov tashkilotchilar tomonidan qatorasiga uchinchi bor turning eng yaxshi shaxmatchisi deb topildi. U uchinchi va to'rtinchi turlarda ham eng yaxshi bo'lgandi.  

Dunyoning amaldagi uchinchi raqamli shaxmatchisi, 4-turda Javohirga yutqazgan amerikalik Fabiano Karuana 5-turda oq donalarda germaniyalik Mattias Blubaumni taslim etdi va Sindarov bilan o'rtadagi 1 ochkolik tafovutni saqlab qoldi. 

Kechagi g'alabadan so'ng Javohir 5 imkoniyatdan 4,5 ochko to'plab, turnir jadvalida yakka peshqadamligini davom ettirmoqda. Karuana 3,5 ochko bilan 2-o'rinni saqlab qoldi. Kecha 5-turdagi qolgan ikki partiyada kuchlar teng keldi. Niderlandiyalik Anish Giri xitoylik Vey Yi bilan, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha rossiyalik Andrey Esipenko bilan durang o'ynadi.  

Bugun 6-turda Javohir Sindarov qora donalarda xitoylik grossmeyster Vey Yiga qarshi bahs olib boradi. Fabiano Karuana oq donalarda Andrey Esipenko bilan hisob-kitob qiladi. Hikaru Nakamura Rameshbabu Praggnanadha bilan to'qnash keladi. 

Malumot uchun, Sindarov Jahon toji uchun o'ynash imkoniyatini beradigan turnirda ishtirok etayotgan birinchi o'zbek shaxmatchisi hisoblanadi. O'n to'rt turdan iborat mazkur turnir g'olibi jahon toji uchun hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi dona suradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing