So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

13 apr 09:38
Yangiliklar

SHaxmat

"Nomzodlar turniri". Sindarovni tarixiy natijadan yarim ochko ajratib turibdi

Kiprning Peyya shaharchasida o'tkazilayotgan mukofot jamg'armasi 1 million evroni tashkil etuvchi "Nomzodlar turniri"da 12-tur ortda qoldi.

Xabar berganimizdek, kecha o'tkazilgan 12-turda amaldagi Jahon Kubogi g'olibi Javohir Sindarov dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisi amerikalik Hikaru Nakamura bilan tezkor durangga rozi bo'ldi. Bu bilan Javohir mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirish barobarida ochkolarini 9 taga etkazib oldi. Kechagi turning barcha partiyalarida kuchlar teng keldi. 

Musobaqa yakunlanishiga ikki tur qolmoqda. Javohirga birgina shaxmatchi etib olishi mumkin, xolos. U ham bo'lsa duranglar qiroli nomi bilan tanilgan niderlandiyalik Anish Giri. Sindarovning eng yaqin taqibchisi kecha 12-turda xitoylik Vey Yiga qarshi kechgan bahsda ustunlikka ega bo'lsa-da, lekin yakunda durang bilan kifoyalandi. Bu esa Sindarov bilan o'rtadagi ikki ochkolik farqni saqlanib qolishiga zamin yaratdi. 

Bugun "Nomzodlar turniri"da dam olish kuni sifatida elon qilingan. Ertaga 13-turda Javohir muddatidan avval musobaqa g'olibligi bilan birga Jahon toji uchun kechadigan matchga yo'llanmani qo'lga kiritishi mumkin. Buning uchun u to'g'ridan-to'g'ri raqibi Anish Giri bilan durang o'ynasa kifoya. 

Malumot uchun, Sindarov Jahon toji uchun o'ynash imkoniyatini beradigan turnirda ishtirok etayotgan birinchi o'zbek shaxmatchisi hisoblanadi. O'n to'rt turdan iborat mazkur turnir g'olibi jahon toji uchun hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi dona suradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing