09 iyu 12:17
Yangiliklar
SHaxmat
Norway Chess. Bugun 9-turda Abdusattorov - Magnus Karlsen partiyasi bo'lib o'tadi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Norvegiyaning Stavanger shahri shaxmat bo'yicha nufuzli "Norway Chess" turniriga mezbonlik qilmoqda.
Bugun o'tkaziladigan 9-tur partiyasida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov mezbonlar vakili Magnus Karlsenga qarshi qora donalarda harakat qiladi. Ushbu bahs qolgan barcha partiyalar singari bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.
Bugungi uchrashuv oldidan Nodirbek Abdusattorov 9,5 ochko bilan 9-o'rinni band etgan. Karlsen esa 10,5 ochko bilan 6-pog'onadan joy olgan. Fabiano Karuana 16 ochko bilan yakka peshqadamlikni davom ettiryapti. Kecha Nodirbekka yutqazgan Nakamura 13,5 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
9-tur oldidan turnir jadvalidagi holat:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar