25 mar 08:51
Yangiliklar
Futbol

"Not bad". Prezident Zelenskiy Franciya bilan o'yinga o'z munosabatini bildirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat terma jamoasining Franciyaga qarshi o'yinda qayd etgan durangiga o'z fikrlarini bildirdi.
"Jahon chempionlari bilan safardagi durang - not bad. (yomon emas - izoh).
Jamoa va murabbiylarni yaxshi natija bilan tabriklayman. Yo'qotishlarga qaramay mana shunday natijaga erishildi. Olg'a, Ukraina!", - deb xabar qoldirdi Zelenskiy Tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, JCH-2022 saralashi doirasida o'tkazilgan Franciya - Ukraina o'yini 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Havola :
Manba : tribuna.com
Fikrlar