09 may 17:45
Yangiliklar
Futbol
Noyer "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar haqida gapirdi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar haqida gapirdi.
"Mening yangi shartnomam borasidagi muzokaralar juda yaxshi ketmoqda. Bizda zaxirada juda ko'p vaqt bor. SHunday ekan, barchasi yaxshi ketmoqda", - deydi Noyer.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Noyer "Bavariya"da 2011 yildan beri o'ynaydi.
Darvozabon 2021/22 yilgi mavsum nemis klubi tarkibida barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 36ta to'p olib chiqdi va 14ta "quruq" o'yin o'tkazdi.
Havola :
Manba : twitter.com/FabrizioRomano
Fikrlar