11 sen 12:13
Yangiliklar
Futbol
Manuel Noyer Germaniya futbolchilari orasida rekord o'rnatdi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer CHempionlar ligasidagi mavsumlar soni bo'yicha Germaniya futbolchilari orasida yangi rekord o'rnatdi.
40 yoshli golkiper 2026/27 yilgi mavsumning umumiy bosqichi 1-turida "Bude-Glimt"ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Bu Noyerning CHempionlar ligasidagi 18-mavsumi bo'ldi.
Noyer ushbu natija bilan turnir tarixida, jumladan Evropa chempionlar kubogi davrini ham hisobga olganda, nemis futbolchilari orasida rekordchiga aylandi. U "Bavariya"dagi sobiq jamoadoshi Tomas Myullerning 17 mavsumlik natijasidan o'zib ketdi.
Noyer 2013 yilda "Bavariya" bilan CHempionlar ligasida g'olib chiqqan.

Havola :
Fikrlar