09 okt 13:39
Yangiliklar
Meksikada restling turniri chog'ida 75 yoshli hakam qabul qilingan usuldan so'ng vafot etdi + FOTO
El Buxo ikki luchador — Maskara Sagrada va Ixo de Fishman o'rtasidagi jangni boshqarayotgan edi. Jang davomida Pineda bir nechta "referi-bamp" (hakamga qaratilgan zarbalar) qabul qildi. Ulardan birida de Fishman El Buxoga "skupslem" usulini qo'lladi, shundan so'ng jang davom etdi.
Jang yakunida de Fishman hakamga kurashdagi eng xavfli usullardan biri — "payldrayver"ni qo'lladi. SHundan so'ng El Buxo hushidan ketdi.
CageSide Seats" nashrining xabar berishicha, shou vaqtida arenada shifokor va tibbiy brigada bo'lmagan. El Buxo bir necha daqiqa hushsiz yotdi, chunki tomoshabinlar va jangchilar u usuldan keyin "rol o'ynayapti" (aktyorlik qilyapti) deb o'ylashgan. Keyinchalik vaziyat shubhali tus olgach, jang to'xtatildi va shifokorlar chaqirildi. Ringga etib kelgan tez yordam xodimlari hakamni jonlantira olishmadi va uning o'limini qayd etishdi.
Policiya de Fishmanni qo'lga oldi va ehtiyotsizlik oqibatida o'limga sabab bo'lish gumoni bilan jinoyat ishi qo'zg'atdi. Fishmanni 15 yillik qamoq jazosi kutmoqda.


Fikrlar