So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

29 avg 13:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Nurmagomedov Dvalishviliga laqabini o'zgartirishni taklif qildi

Umar Nurmagomedov gruziyalik sobiq chempion Merab Dvalishvilining o'z manziliga aytgan so'nggi gaplariga javob qaytarib, unga laqabini o'zgartirishni taklif qildi va barcha masalalarni shaxsan hal etishga tayyorligini bildirdi.

"O'ylaymanki, bu hech qachon tugamaydi. Bu hech qachon o'lmaydi va biz hech qachon do'st bo'lmaymiz. U ko'p gapiradi, aqldan ozgan ishlarni qiladi. Hatto hozir ham u mening menejerim Rizvan haqida gapirib, uni ilon yoki boshqa narsalar bilan atamoqda. Rizvan menga hech qachon hech narsa demaydi. Ijtimoiy tarmoqlarimdan mendan boshqa hech kim foydalanmaydi. U boshqa yigitlarni, shunchaki u bilan gaplashgani borgan do'stlarimni bu ishga aralashtirmoqchi bo'ldi.

Hech kim uni ushlab turgani yo'q, hech kim unga tekkani yo'q. Hammasi videoda bor. Nega yolg'on gapiryapsan? Agar erkak kishi bilan muammoing bo'lsa, senga kamera ham, ijtimoiy tarmoqlar ham, boshqa hech kim ham kerak emas. Agar men unga hurmatsizlik qilgan bo'lsam, oldimga kel. Nega yig'layapsan? Nega men uni haqorat qilganimni aytyapsan? Muammoing bo'lsa — oldimga kel, hammasini yuzimga ayt", — dedi Umar.

"Endi senga "Machine" ("Mashina") laqabi kerak emas, uni "Hurmatsizlik"ka o'zgartir, Merab. Hech qanday "Machine" bo'lmaydi. CHunki u doim shu narsa uchun noliydi", — deya Nurmagomedovning so'zlarini keltiradi MMA Fighting portali.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing