30 avg 08:26
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Nurxon Qurbonova – Paralimpiya o'yinlari bronza medali sohibi!
Yaponiya poytaxti Tokio shahridan xushxabarlar kelishi davom etmoqda.
Hozirgina para engil atletikaning F54 klassida ayollar o'rtasida yadro uloqtirish bo'yicha final bahslari o'z nihoyasiga etdi.
Etiborlisi, bu yo'nalishda bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova 7.77 metr natija bilan bronza medalga sazovor bo'ldi.
Takidlash kerakki, bu natija yadro uloqtirish bo'yicha Nurxonning o'z shahsiy rekordi hisoblanadi.
Ushbu natijadan so'ng delegaciyamiz hisobidagi medallar soni 14 taga etdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar