14 jan 08:30
Yangiliklar
Nyu-Delidagi turnirda shaxmatchilarimiz uchun omadli kun
15th Delhi International Open Grandmasters chess tournament musobaqasida mezbonlardan tashqari Rossiya, Ukraina, JAR, Polsha, Misr, Belgiya, SHri-Lanka, Armaniston kabi 20dan ortiq davlatdan jami 251 nafar ishtirokchi dona surmoqda.
Ular qatorida 3 nafar grossmeysterimiz – Marat Jumaev, Gulruhbegim Tohirjonova va Sarvinoz Qurbonboevalar ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti.
Kecha o'tkazilgan 7-tur uchrashuvlaridan so'ng Marat Jumaev 7 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 25-pog'onadan 16-o'ringa ko'tarilib oldi. Beshinchi pog'onadagi shaxmatchi hisobida ham shuncha ochko bor.
Jumaev 7-partiyada hindistonlik Rahul Sangmani mag'lubiyatga uchratdi. Qurbonboeva qora donalarda o'ynashiga qaramay, hindistonlik Ratnakarandan ustun keldi.
Tohirjonova esa qora donalarda harakat qilib, polshalik xalqaro grossmeyster Stopa Jakek bilan durangga erishdi. Sarvinoz 5 ochko bilan 17-24, Gulruhbegim esa 4,5 ochko bilan 35-43-o'rinlarni band etgan.
Fikrlar