11 iyu 19:21
Yangiliklar

OCHL-2020 guruh bosqichi qachon davom ettirilishi malum
Osiyo Futbol Konfederaciyasi futzal bo'yicha Osiyo chempionati, o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati hamda OCHL bahslari o'tkazilish sanalariga o'zgartirish kiritilgani haqida malum qildi.
Unga ko'ra, kattalar o'rtasidagi futzal bo'yicha Osiyo chempionati 4-15 noyabr kunlari Turkmanistonda bo'lib o'tadi.
SHuningdek, Bahraynda o'tkaziladigan U16 Osiyo chempionati esa 25 noyabr – 12 dekabr kunlariga ko'chirildi.
Bundan tashqari, Osiyo chempionlar ligasi G'arb mintaqasidagi guruh bosqichi va pley-off bahslari markazlashgan formatda sentyabr oyida o'tkaziladi. Ushbu uchrashuvlarga mezbonlik qiladigan mamlakat nomi keyinroq elon qilinishi ko'zda tutilgan.
O'zbekiston mezbonlik qiladigan U19 Osiyo chempionati avvaldan belgilanganidek 14-31 oktyabr kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
O'z navbatida, klublar o'rtasidagi futzal bo'yicha Osiyo chempionati sanasiga ham o'zgartirish kiritilmagan va ushbu turnir BAAda 2-13 dekabr tashkil etiladi.
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati
4-15 noyabr | Turkmaniston
U16 Osiyo chempionati
25 noyabr – 12 dekabr | Bahrayn
Osiyo chempionlar ligasi
Sentyabr | guruh va pley-off bosqichi
2-3 noyabr | chorak final bosqichi
24 noyabr | yarim final bosqichi
5 dekabr | final
U19 Osiyo chempionati
14-31 oktyabr | O'zbekiston
Klublar o'rtasidagi futzal bo'yicha Osiyo chempionati
2-13 dekabr | BAA
*Yuqorida elon qilingan sanalar mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda o'zgartirilishi mumkin.
Fikrlar