So’nggi yangiliklar

10:59Илгиз Танташевнинг ЖЧ-2026`даги тақдири маълум! 0 10:27SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек ва Алиреза бир хилда очко тўплади, чемпион номини армагедон ҳал қилди 0 09:54Нурмагомедов: "Ҳеч ким Махачев рекордини янгилай олмайди" 0 09:21ACBJJ 21: Росас Магомедшариповни, "Гладиатор" эса Петросянни тўхтатди, Зубайрада мағлубият! 0 08:49Неймар Бразилия терма жамоасидаги фаолиятини якунлади 0 08:23Naroditsky Memorial 2026. Жавоҳир Синдаров блиц турнирида ҳам чемпион бўлди! 0 07:52Тошкент вилояти дзюдочилари Ўзбекистон Кубоги соҳиби! 0 18:18Флойд Мейвезер: "50 ёшда ҳам ҳамон жаҳон боксининг юзиман" 0 17:46Клопп — Германия терма жамоасининг янги мураббийи! 0 17:07Амалдаги энг ёш жаҳон чемпиони камар ҳимояси учун рингга кўтарилди 0 16:29"У чемпион ва нима қилишни ўзи ҳал қилади". Кличко Усикнинг чемпионлик камарларидан воз кечиш қарори ҳақида 0 15:58"Махачев билан жанг қилмоқчи эдим". Усман дю Плессига жавоб берди 0 15:23The Athletic ЖЧ-2026`нинг 50 нафар энг яхши футболчиси номини эълон қилди 0 14:47Naroditsky Memorial Rapid 2026. Синдаров ва унинг устози Мадаминов финал босқичида! 0 14:19Улуғбек Рашидов уч карра Осиё чемпиони! 0

19 fev 14:48
Yangiliklar

Futbol

OCHL reytingi. "Paxtakor"ning ikki g'alabasi O'zbekistonga muhim ochkolarni keltirdi

Teglar :  PaxtakorFutbol
O'zbekistonlik mutaxassis Alisher Nikimbaev o'zining Telergamdagi kanalida OCHL guruh bosqich dastlabki ikki turidan so'ng mamlakatlarga beriladigan kvota borasidagi vaziyatga to'xtalib o'tdi.

CHempionlar Ligasi va OFK Kubogi taqvimi o'rtasidagi nomutanosiblik sabab faqatgina g'arb mintaqasidagi holatga nazar tashlaymiz.

Aniqrog'i, klublarning CHLdagi ishtirokini va albatta g'arb mintaqasidagi mamlakat klublarining holati bilan tanishamiz. SHarqda koronavirus sabab deyarli yarim o'yinlar o'tkazilmayapti. 

Dastlabki ikki turdan so'ng reyting quyidagicha ko'rinish olgan:

1. O'zbekiston - 6,90

2. Saudiya Arabistoni - 5,60

3. Qatar - 4,25

4. Eron - 2,90

5. BAA - 1,85

6. Iroq - 1,30


Kutilganidek, "Paxtakor" ikki o'yinda g'alaba qozongan holda, O'zbekistonni peshqadamga aylantirdi. O'z o'rnida "Al Ayn" ikki o'yinda umuman ochko jamg'ara olmadi va bu BAAning reytingi tushishiga sabab bo'lmoqda.

Ayni paytdagi reyting mana shunday holatda:

1. Saudiya Arabistoni - 41,950

2. Qatar - 40,000

3. Eron - 33,250

4. O'zbekiston - 25,300

5. Iroq - 18,233

6. BAA - 17,583

7. Iordaniya - 16,067

8. Turkmaniston - 12,850

9. Livan - 11,367

10. Bangladesh - 8,567

11. Hindiston - 8,233

12. Tojikiston - 8,133

Ammo, bu reyting vaqtincha ekanligini unutmasligimiz lozim.

2021 yilning noyabrida CHempionlar Ligasi va OFK Kubogining 2023 va 2024 yilgi mavsumlari uchun kvotalar ajratiladi.

1-2-o'rinlar - OCHL: 3+1

3-4-o'rinlar - OCHL: 2+2

5-o'rin - OCHL: 1+2

6-o'rin - OCHL: 1+1

7,8-9-o'rinlar - OCHL: 1 OFK Kubogi: 1

10-o'rin: OCHL: 1 OFK Kubogi: 0+1

11-12-o'rinlar: OCHL: 0+1 OFK Kubogi 0+1

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing