So’nggi yangiliklar

15:34Чарльз Оливейра: "Бу сафар Конорга ишонаман" 0 15:13Octagon League Одилхон ва Камил Каратэ ўртасидаги трилогияни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 14:52Камару Усман Исраэл Адесаньяга ишонади 0 14:31Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари: "Қўқон-1912" мураббийи, "Навбаҳор" ҳамда бир неча футболчига чора кўрилди 0 14:10Макгрегор бокс жанги ўтказди, унда иккита нокдаун қайд этилди (ВИДЕО) 0 13:49Grenke Chess Festival 2026. Икки Нодирбек ва Шамсиддинда юз фоизлик натижа 0 13:28Пакьяо Мейвезер билан реванш бўйича баёнотга жавоб қайтарди 0 13:07Пеп Гвардиола "У бутун АПЛнинг ҳақиқий афсонаси" 0 12:46Олимпиада чемпиони Аспиналл ва Ган билан рақобат қила олишини айтди 0 12:25Кроуфорд рингга қайтиш масаласи бўйича қатъий фикр билдирди 0 12:04"Номзодлар турнири". Синдаров кетма-кет учинчи марта турнинг энг яхши шахматчиси! 0 11:43"Манчестер Сити"нинг "Ливерпуль"га қарши учрашуви учун тахминий таркиби маълум 0 11:22Дмитрий Бивол яна бир чемпионлик камаридан маҳрум бўлиши мумкин 0 11:01Афсонавий Гарри Каспаров Синдаровнинг иштирокига баҳо берди + ФОТО 0 10:40Усман Нурмагомедовнининг навбатдаги рақиби мағлубиятсиз жангчи бўлади 0

19 sen 17:01
Yangiliklar

Futbol

OCHL. SHota Arveladze ertangi muhim o'yin oldidan nimalar dedi?

"Paxtakor" ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-tur uchrashuvini o'tkazadi.

O'zbekistonning amaldagi chempioni ertangi o'yinda BAA chempioni "SHabab Al Ahli"ga qarshi bahs olib boradi. Bugun odatga ko'ra o'yinoldi matbuot anjumani tashkil etildi. Unda "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze hamda jamoa sardori Egor Krimec ishtirok etishdi.

SHota Arveladze: - Dohaga kelganimizdan beri Osiyo chempionlar ligasida ikkita murakkab uchrashuvni o'tkazdik. Ertaga esa bizni yana bir qiziq bellashuv kutib turibdi. Ochkolar bo'yicha ham bir-birimizga juda yaqinmiz. Bizda 7, raqib jamoa "SHabab Al Ahli" hisobida esa 6 ochko bor. Oson o'yin bo'lmaydi. Nima deyishim mumkin, OCHLni marafonga qiyoslasak, biz endi yugurishni boshladik va buyog'iga tezlik olmasak bo'lmaydi. Ertangi raqibga qarshi Toshkentda kechgan birinchi o'yinni juda yaxshi eslayman. Havo sovuq va yomg'irli edi. O'shanda bahsning birinchi taymini ancha yaxshi o'tkazgandik. Lekin shundan beri vaqt o'tdi, "SHaba Al Ahli" safida o'zgarishlar ro'y berdi. SHu bois ertaga bizni yangi kun va yangi o'yin kutmoqda deya olaman. Bahs qiziqarli kechadi deb o'ylayman. Biz esa faqat g'alaba haqida o'ylayapmiz.



Egor Krimec: 
- O'ylaymanki, ertaga bizni qiyin va shu bilan birga qiziqarli to'qnashuv kutib turibdi. Jamoalar mana shunday o'yinlarda maydonga tushish uchun ham CHempionlar ligasida ishtirok etishadi. Ertaga O'zbekiston chempioni BAA chempioniga qarshi bahs olib boradi. O'z o'yinimizni namoyish etib g'olib chiqishga harakat qilamiz. Keyingi bosqichga chiqish uchun bor kuchni ishga solamiz. CHunki ertangi bellashuv nihoyatda muhim".

- "SHabab Al Ahli"ni qanchalik o'rgandingiz? Raqib tarkibidagi Karlos Eduardo haqida fikringiz?
- Biz har raqibni avvalo jamoa sifatida o'rganamiz va kamchiliklarini topishga harakat qilamiz. Yani etiborni faqat jamoadagi Eduardo yoki boshqa futbolchiga emas, balki barchaga birdek qaratamiz. To'g'ri, Karlos Eduardo kuchli futbolchi, biroq "SHabab Al Ahli" safida boshqa etakchilar ham bor. Masalan, 10-raqamda o'ynaydigan chap qanot vakili Pedro Konde ham kuchli futbolchi. Lekin aytib o'tganimdek, alohida futbolchilarga to'xtalgandan foyda yo'q. CHunki futbolni jamoa o'ynaydi. Amirlik klubi avvalgi turda g'alaba qozonib kayfiyatini ko'tarib oldi. Ularning bizga qarshi katta ishtiyoq bilan harakat qilishini taxmin qilish qiyin emas. O'z navbatida biz ham qarab turmaymiz va eng yaxshi sifatlarimizni namoyish etishga harakat qilamiz.

"SHabab Al Ahli" klubi bosh murabbiyi matbuot anjumanida o'zbekistonlik futbolchilar jismoniy tomonlama yaxshi tayyorgarlikka ega ekanligini hamda bu narsa o'yinda ham ko'zga tashlanishini aytib o'tdi. SHunday bo'lsa bu sizning jamoangizga ustunlik beradimi yoki alohida taktika ustida ham ish olib borasizmi?
- Agar siz jismoniy holat va taktikani umumlashtira olsangiz o'z-o'zidan eng yaxshi murabbiyga aylanasiz. Bu o'rinda futbolchilarning individual mahorati ham muhim rol o'ynaydi. SHuning natijasida ijobiy natijalar kela boshlaydi. Avvalgi ikkita bahsda ham raqibning kuchsiz jihatlarini topib o'ynashga harakat qildik. Futbolda har bir jamoa raqibning ojiz nuqtasidan foydalanib yutishga intiladi. Bu deyarli har o'yinda ko'zga tashlanadi. Biz uchun har bahs bu yangi maqsad va yangi kuch degani. Futbolchilar shu orqali shakllanib boradi. O'ylaymanki, biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Jamoamizning jismoniy holatiga etiroz yo'q. Taktikamiz ham joyida. Maydonga tushib yutsak bo'lgani.



Toshkentdagi birinchi o'yin qanday kechgani haqida gapirib bersangiz?
Egor Krimec: - Sovuq ob-havo hukm surgandi. Angliyadagidek bo'lmasa ham yomg'ir yoqqani yodimda. Ertaga bu erdagi ob-havo raqib jamoaga qo'l kelishi mumkin, lekin biz ham issiqda o'ynab o'rganganmiz. Muhimi, har qanday sharoitda chiroyli futbol ko'rsata olamiz. Dohaga shunchaki kelganimiz yo'q, balki katta maqsad uchun tashrif buyurganmiz.

"SHabab Al Ahli"ning avvalgi ikkita o'yinini ko'rgan bo'lsangiz, jamoa himoyadan hujumga tez o'tadi. Himoyachi sifatida raqibning shunday o'yini sizga qanchalik qiyinchilik tug'diradi?
Egor Krimec: - Hozir men ularga qarshi qanday o'ynashimiz haqida ochiq gapirmoqchi emasman. Qolaversa taktikamizni ko'rsatib berish niyatim ham yo'q. O'ylaymanki, maydonda nimalar bo'lishini ertaga o'zingiz ko'rasiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing