27 avg 05:12
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/82873_220.jpg)
OCHL. Xavi shogirdlari chorak finalning ilk bahsida yutqazdi
Osiyo chempionlar ligasi chorak finalidan o'rin olgan ilk bahsda Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi Qatarning "Al-Sadd" jamoasini mag'lub etdi.
Hamyurtimiz Valentin Kovalenko hakamlik qilgan uchrashuvdagi hisob mehmonlar himoyachisi Ali Assadalla tomonidan birinchi bo'limning o'rtalarida ochildi. Keyin esa 44-daqiqada Abdulrahmon Al Dosari oradagi farqni tikladi.
Ikkinchi bo'limda mezbonlarning braziliyalik legioneri Juliano raqib darvozasini ishg'ol etib, bahsdagi yakuniy hisobni belgiladi. Bu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 16 sentyabrda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar