So’nggi yangiliklar

18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0

30 dek 21:10
Yangiliklar

Futbol

Odil Ahmedov: "Xitoyga o'tish ortga tashlangan qadam emas"

Teglar :  FutbolKrasnodarOdil
"Krasnodar" sobiq yarim himoyachisi Odil Ahmedov "SHanxay SIPG" klubiga o'tishi haqida gapirib berdi.

"Menda Xitoy klublari bilan birga, Evropadan ham takliflar bor edi. Biroq, barchasini o'ylab ko'rdim va shu qarorga keldim. Sababi Xitoyga o'tish "Krasnodar"ga maksimal foyda keltirardi. Xitoy chempionatiga o'tish ortga tashlangan qadam deb o'ylamayman. 

Sababi hozir bu chempionatda jahonning eng kuchli futbolchilari o'ynashmoqda va eng kuchli murabbiylari ishlashmoqda. Qaror qabul qilishdan oldin Villash-Boash bilan gaplashib oldim. U jamoadagi vaziyat haqida gapirdi, mening jamoadagi rolimni aytib berdi, shundan keyin o'tishga qaror qildim", - deydi Ahmedov.

"Mening transferim terma jamoaga foydali bo'ladi, sababi meni terma jamoa ustozlari kuzatib borishadi", - deydi futbolchi.

"Afsuski, jamoa bilan xayrlasha olmadim, sababi tatil boshlanishi bilan uchib ketgandim. SHartnomaga qo'l qo'yishdan oldin Sergey Galickiyga qo'ng'iroq qildim, bir birimizga omad tiladik. Sergey Nikolaevich kabi insonlar Rossiya futboliga juda kerak, sababi u mamlakat futboliga ko'p ishlar qilmoqda. Unga jamoa bilan birga Rossiya chempioni bo'lishini tilayman, zero u bunga haqli", - deydi Ahmedov.

Ahmedov "Krasnodar"ga 2014 yilda "Anji"dan ko'chib o'tgandi. Bu klub safida hamyurtimiz 101ta o'yinda maydonga tushib 7ta gol urdi va 13ta golli pas oshirdi. Klub tarkibida Rossiya chempionati bronza medali sohibiga aylandi va Rossiya Kubogi finaliga chiqdi. 2014/15 yilgi mavsumda "Krasnodar"ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing