14 sen 13:20
Yangiliklar

Odil Karimov Ashgabat Cup turniri chorak finalida!
Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Odil Karimov ilk davrada mezbonlar vakili Pikam Nepesovni 6:0, 6:1 hisobida mag'lub etgandi. Kecha hamyurtimiz ikkinchi bosqichda eronlik Sina Mog'imidan 6:4, 6:3 hisobida ustun keldi.
Endi Odil Karimov bugun yarim final chiptasi uchun kechadigan bahsda turnirning oltinchi raketkasi, turkmanistonlik Xadjimurot CHorievga qarshi kortga chiqadi.
Yana bir tennischimiz Alisher Nosirov esa asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgandi. U asosiy to'rning ilk davrasida turkmanistonlik Allanur Dayanjevga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:0, 6:0. Lekin u ikkinchi bosqichda yana bir mezbon tennischi Arlan Orashevga 1:6, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Fikrlar