15 sen 13:45
Yangiliklar
Tennis

Odil Karimov Ashgabat Cup turnirida yarim finalga chiqa olmadi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o'smir tennischilar o'rtasidagi Ashgabat Cup turniri davom etyapti.
Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Odil Karimov chorak final uchrashuvida musobaqaning oltinchi raketkasi, turkmanistonlik Xadjimurot CHorievga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda kutilmaganda hamyurtimiz 3:6, 6:7(4) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Odil Karimov ilk davrada mezbonlar vakili Pikam Nepesovni 6:0, 6:1, ikkinchi bosqichda eronlik Sina Mog'imini 6:4, 6:3 hisobida mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar