23 sen 08:10
Yangiliklar
Tennis

Odil Karimov Ashxobod turniri yarim finalida
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi nufuzli turnir davom etmoqda.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik ikki tennischi ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgani. Ulardan biri yarim finalga yo'llanma oldi. Alisher Nosirov ikkinchi davrada mag'lubiyatga uchragandi.
Turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan Odil Karimov esa chorak finalda turnirning uchinchi raketkasi, eronlik Amir Muhammad Adabjouni 6:3, 6:1 hisobida taslim etdi. Uning final ostonasidagi raqibi turkmanistonlik Andrey Kashchenko bo'ladi. Bu tennischi oltin raqam ostida harakat qilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar