So’nggi yangiliklar

11:13"Рекордим 14-0. UFC'га ўтиш вақти келди, шекилли" - Хотамбек Бойназаров 0 10:39Гэтжи Конор Макгрегор билан жанг қилиш эҳтимолини баҳолади 0 10:13Гусковнинг мураббийи кейинги рақиб ким деган саволга жавоб берди 0 09:4119 ёшли Ямаль "Барселона"нинг 91 йил сақланиб турган рекордини янгилади 0 09:08Шу ҳафта Нурсултон билан бир оқшом жанг қиладиган Хукер Нурмагомедовни UFC`да синаб кўришга тайёр 0 08:37Пратес Ислам Махачевни нокаут эвазига мағлуб этмоқчи 0 08:06US Open 2026. Биринчи ракеткамиз ҳам ғалаба билан бошлади 0 21:06Лео Месси Аргентина терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 20:28Чимаев октагонга қайтишга тайёр! У ким билан жанг қилмоқчи эканини айтди 0 19:49Жонсон Умар Нурмагомедовнинг Ядонг билан жангидаги хатосини айтди 0 19:26Султонов икки ғалабаси эвазига асосий тўрга чиқди. Илк даврада ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз! 0 19:01Расман. Англия терма жамоаси аъзоси "Ал-Ҳилол"га ўтди 0 18:26Тайсон Фьюри Хргович билан жанг учун шартини айтди 0 17:45"Дана Уайт доғистонликларга ҳамма нарсага рухсат беради" - UFC жангчиси 0 17:13Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли ўртасидаги реванш санаси маълум қилинди 0

02 sen 14:13
Yangiliklar

Futbol

O'FA prezidenti Abdusalom Azizov JCH-2022 saralashi oldidan futbolchilarimiz bilan uchrashdi

Teglar :  Abdusalom Azizov
Oldinda O'zbekiston milliy hamda olimpiya terma jamoalarini juda masuliyatli o'yinlar kutib turibdi.

Milliy jamoamiz Jahon chempionati-2022 saralashining ikkinchi bosqichi doirasidagi o'yinlarini o'tkazadi. Olimpiyachilarimiz esa Tokio-2020 yo'llanmasini taqdim etuvchi qita birinchiligiga hozirlik olib bormoqda.

Hozirda har ikki terma jamoa ham poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazmoqda. O'yinlar oldidan O'zbekiston futbol associaciyasi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati ikkala terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Unda O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti – Abdusalom Azizov, , O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi – Abdujabbor Abduvohidov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri – Dilmurod Nabiev, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti – Rustam SHoabdurahmonov hamda O'FA Birinchi vice-prezidenti – Ravshan Ermatov ishtirok etishdi.



Milliy va olimpiya terma jamoa azolari bilan ochiq va samimiy suhbat tarzida kechgan uchrashuvda Rustam SHoabdurahmonov hamda Abdujabbor Abduvohidov har ikki terma jamoamizdan ham muxlislar yuksak natijalar kutayotganini takidlab, terma jamoa vakillaridagi kayfiyat qanday ekani bilan qiziqishdi va bo'lajak o'yinlarda omad tilashdi.

SHuningdek, O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti Abdusalom Azizov futbolchilarga murojaat qildi:

“Bizni oldinda juda katta va masuliyatli o'yinlar kutib turibdi. O'zbekiston terma jamoasi hali biror marta Jahon chempionati va Olimpiya o'yinlarida qatnashmagan. Har safar bizga nimadir – 1 ochko yoki 1ta gol etmay qoladi. Muxlislar uchun esa bu alamli natija. Ko'pincha bu narsani omad yuz o'girishi bilan izohlaymiz. Lekin omadning ortida mehnat va harakat yotadi. Omad mehnat qilgan odam bilan hamisha yonma-yon yuradi. SHunday ekan bo'lajak musobaqalarga biz har tomonlama tayyor bo'lishimiz kerak. O'tmishdagi xatolardan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak.

Hozirgi paytda biz uchun ahamiyatsiz narsaning o'zi yo'q. Ayniqsa, har bir raqibga qarshi hal qiluvchi o'yinga chiqqandek jiddiy yondoshishimiz kerak. Biz uchun har bir o'yin va har bir gol muhim. So'nggi daqiqalargacha yuz foiz kuch bilan o'ynashimiz talab etiladi. Bitta gol urib olib, keyin xotirjamlikka berilish eng katta xatolardan biri bo'lishi mumkin.



Davlatimiz rahbari menga ushbu masuliyatli lavozimni topshirayotganda yurtimizdagi millonlab muxlislar, ayniqsa, yoshlarimiz kayfiyatiga futbolning qanchalik tasir qilishi, shuning uchun ham futbolda eng avvalo adolat o'rnatilishi, qolaversa, ijobiy natijalar qayd etilishi muhim ekanini takidlab o'tgan edilar.

Biz associaciyadagi faoliyatimizning dastlabki kunlaridan futbolda halol o'yin principlari ustuvorligini taminlashga etibor qaratdik. Kelishilgan o'yinlar kabi illatlarga qarshi kurash boshlangan va bundan keyin ham davom etadi. SHunda muxlislar bizga ishonishadi, chempionatimizga, terma jamoamizga bo'lgan etibor tiklanadi.

Hozirgi kundagi eng muhim vazifa – muxlislarimiz ishonchini oqlash. Moddiy masalalar esa ikkinchi darajali. Agar ijobiy natija qayd etilsa, siz tarixda qolasiz, muxlislarimiz orzulari ushaladi. Ana undan keyin moddiy tomoni ham o'z-o'zidan yaxshilanadi, sizni dunyo ko'radi, transfer masalalariga ham bu yaxshi tasir qiladi. Qolaversa, hozirdan sizga aytib o'tishim mumkinki, sizning har bir yutug'ingiz munosib tarzda mukofotlanadi.



Sizda qanday muammo bo'lsa, biz hal qilishga tayyormiz. Bemalol ochiq tarzda barcha muammo va kamchiliklar haqida aytib o'tishingiz mumkin. Balki hozir gapira olmayotgandirsiz, ammo hamma vaqt sizning yoningizda terma jamoalar bo'limi rahbari Aziz Haydarov bor. Uzoq yillar terma jamoa azosi bo'lib o'ynagan, bu sohani ichidan bilgan insonni bejizga bu lavozimga tayinlaganimiz yo'q. U siz bilan bizning o'rtamizda ko'prik vazifasini bajara olishiga ishonamiz.

Futbolchi uchun eng muhim jihat – bu o'ziga bo'lgan ishonch. Men sizlardan aynan shuni kutmoqdaman. Siz hech qaysi bir futbol yulduzidan kam joyingiz yo'q. O'zingizga ishoning, ortingizda xalq turganini his eting, maqsad sari oxirigacha intiling. O'z navbatida biz futbolchilar va murabbiylar shtabiga to'liq ishonch bildiramiz. Hammamiz birgalikda harakat qilib, albatta o'z maqsadimizga erishamiz”, - Abdusalom Azizov.



O'z navbatida O'zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Ektor Kuper ko'rsatilayotgan etibordan mamnun ekanini bildirdi. Bosh jamoamiz ustozi ayni paytda terma jamoamiz ixtiyorida bo'lgan futbolchilarning harakatlari va jismoniy holatidan ko'ngli to'layotganini takidlab, barcha bir maqsad yo'lida birlashib, ahil jamoa bo'lib bosh maqsad – mundial yo'llanmasi qo'lga kiritilishi yo'lida birgalikda mehnat qilishini alohida qayd etdi.

Qolaversa, Olimpiya terma jamoa bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich ham olimpiyachilarimiz qita chempionatiga jiddiy hozirlik olib borayotgani, barcha yigitlar oldilaridagi masuliyatni to'la his etib, mashg'ulotlarda qattiq ter to'kayotganini aytib o'tdi.

Futbolchilar nomidan so'zga chiqqan ikkala jamoa sardori Odil Ahmedov hamda Islom Qobilov terma jamoa azolarining barchasi oldinda turgan muhim uchrashuvlarga har jihatdan tayyor ekanini, muxlislar orziqib kutayotgan maqsad yo'lida tinmay mehnat qilinishini bildirishdi va bu yo'lda bor kuch-mahorat ishga solinishiga vada berishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing