So’nggi yangiliklar

19:02"ФИФА ўзини кулгига қолдирмоқда" - Лотар Маттеус 0 18:39Бадиий гимнастикачиларимизнинг кейинги манзили Италия бўлади 0 18:18Муҳим янгилик: Таэквондо бўйича Жаҳон рейтинги тўлиқ янгиланди 0 17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0

13 jan 16:42
Yangiliklar

Futbol

OFK terma jamoamiz futbolchisini jarimaga tortdi

Teglar :  FutbolKrimec
OFK Tartib-intizom qo'mitasi Osiyo Kubogiga doir bazi qarorlarni qabul qildi.

Jumladan, tashkilot musobaqaning guruh bosqichi 1-turida qizil kartochka olib maydonni tark etgan Egor Krimecni jazoladi. Tartib-intizom qo'mitasi Krimecning qizil kartochkasini o'rganib chiqib, uni bitta (1) o'yinga chetlatdi va 7,500 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortdi. Markaziy himoyachi bugun bo'lib o'tadigan Turkmanistonga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

Quyida Tartib-intizom qo'mitasining musobaqaga oid boshqa qarorlarini keltirib o'tamiz.

Musobaqa: Osiyo Kubogi-2019
O'yin: BAA - Bahrayn (5 yanvar)
Muammo: Raqib futbolchisining kiyimidan tortib to'xtatib qolgani hamda buning evaziga sariq kartochka olgani uchun
Jazolandi: BAA terma jamoasi azosi Amir Abdulrahmonga 5,000 AQSH dollari miqdorida jarima solindi  

Musobaqa: Osiyo Kubogi-2019
O'yin: Janubiy Koreya - Filippin (7 yanvar)
Muammo: Hakam tomonidan sariq kartochka olgani uchun
Jazolandi: Janubiy Koreya terma jamoasi azosi Jung Vu Yong 5,000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi

Musobaqa: Osiyo Kubogi-2019
O'yin: Suriya - Falastin (6 yanvar)
Muammo: O'yin davomida ikki bor sariq kartochka olib maydondan chetlatilgani uchun
Jazolandi: Falastin terma jamoasi azosi Mohammed Saleh 5,000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi va bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Musobaqa: Osiyo Kubogi-2019
O'yin: Qatar - Livan (9 yanvar)
Muammo: O'yin davomida nomaqbul so'zlarni aytgani uchun
Jazolandi: Livan terma jamoasi bosh murabbiyi Miodrag Radulovich 7,500 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi.

Barcha jarimalar qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kun ichida to'lanishi shart. Agar bu holat yana takrorlanadigan bo'lsa, jarima miqdori va jazo turi oshiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing