So’nggi yangiliklar

12:09Майкл Пейж: "Misfits Boxing`да UFC`даги бутун фаолиятимдагидан кўпроқ пул ишлайман" 0 11:38Икки рус жамоасини мағлуб этган "Тошкент" "Шаҳарлар жанги" мусобақасининг 4-босқич ғолиби сифатида 5 млн долларлик Суперфиналга йўл олди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:07Уайт Стриклендга жавоб қайтарди: "У яқинда янги шартнома имзолади" 0 10:36Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" "Ал Садд"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Шабаб Ал Аҳли"га ютқазди + ВИДЕО 0 10:05Сауль Альварес бугуннинг энг кучли беш нафар жангчисини айтди 0 09:34Тим Цзюнинг кейинги рақиби маълум бўлди 0 09:03Мурадовга илк мағлубиятни тақдим этган Мёршарт фаолиятини якунлади 0 08:32ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Галатасарой"ни мағлуб этди, МЮ ва "Интер"да мағлубият, "Бавария"да дуранг + ВИДЕО 0 08:01WBA сайтида Мунгиянинг кейинги жанги бўйича маълумот пайдо бўлди 0 19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0

30 avg 07:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Og'ir vazn kelajagi sifatida etirof etilgan Mozes Itaumani chuqur nokautga uchratishdi

Kecha tunda Buyuk Britaniyaning London shahrida Queensberry kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks kechasi bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy jangida 21 yoshli britaniyalik Mozes Itauma xorvatiyalik 34 yoshli Filip Xrgovichga imkoniyatni boy berdi. Itauma jangni juda faol boshladi va ikkinchi raunddayoq raqibini nokdaun holatiga tushirdi. To'rtinchi raundda xorvatiyalik bokschi qarshilik ko'rsata boshladi, beshinchi raunddan esa jang surati pasayib, tenglashdi va tashabbus vaqti-vaqti bilan Xrgovichga o'ta boshladi. Itauma tezlik bo'yicha ustunlikni saqlab qoldi, aniqroq va xavfliroq harakat qildi, raqibining iyak qismiga bir necha bor zarba berdi, biroq uni jiddiy tarzda larzaga sola olmadi.

Sakkizinchi raundning so'nggi daqiqasida Itauma uzoq davom etgan hujumga borib, kuchini sarflab qo'ydi. Bunga bardosh bergan Xrgovich qarshi hujumga o'tdi. To'qqizinchi raund ham xorvatiyalik bokschining hujumlari bilan boshlandi. Itauma xavfli qarshi zarbalar berdi, ammo raqibini jiddiy shikastlay olmadi. Ushbu uch daqiqalikning oxiriga kelib, holdan toygan britaniyalik qo'llarini ko'tara olmay qoldi, gandiraklab, arqonlarga suyanib qoldi. Buni ko'rgan uning sekundantlari, hakam jangni to'xtatishga hozirlik ko'rayotgan bir paytda, ringga sochiq tashlashdi.

Rasmiy natija — to'qqizinchi raundning 2-daqiqasi 27-soniyasida Filip Xrgovich nokaut evaziga g'alaba qozondi. Xrgovich og'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan IBF kamarini qo'lga kiritib, Xorvatiya tarixidagi ilk jahon chempioniga aylandi.

"Men har bir raundda yutqazayotgan edim, raqibim mendan ustunroq boks ko'rsatayotgan edi. G'alaba qozonish uchun kuchni qaerdan olganimni o'zim ham bilmayman", — dedi Xrgovich jangdan keyingi intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing