19 noy 10:24
Yangiliklar
Oje - ralli bo'yicha olti karra jahon chempioni!
Franciyalik poygachi Sebasten Oje (M-Sport Ford WRT) klassik ralli bo'yicha joriy mavsumgi jahon chempionligini qo'lga kiritdi. U Avstraliya Rallisida finishga beshinchi o'rinda etib keldi.
So'nggi poygada Terri Nevil va Ott Tyanakning kutilmaganda mos ravishda 22 va 23-o'rinlarni egallashlari Ojega ketma-ket oltinchi marotaba jahon chempionligini taqdim etdi. Nevil va Ott kuchli uchlikdan joy olishdi.
WRC-2018. Yakuniy ko'rinish
1. Sebasten Oje (M-Sport Ford WRT) – 219
2. Terri Nevil (Hyundai Shell Mobis WRT) – 201
3. Ott Tyanak (Toyota GAZOO Racing WRC ) – 181
Franciyalik poygachi jahon chempioni bo'lish bo'yicha ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Uning vatandoshi Sebastyan Lyob to'qqiz karra jahon chempioni hisoblanadi.
Fikrlar