08 mar 13:25
Yangiliklar
Gimnastika

Oksana CHusovitina Jahon kubogi bosqichi finalida!
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Unda qatnashayotgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Oksana CHusovitina final bosqichiga yo'l oldi. Yurtdoshimiz o'zining sevimli tayanib sakrash dasturida medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo'ldi.
CHusovitina saralash bosqichida 13.266 ball to'plab, ikkinchi natija bilan finalchilar qatoridan joy olgan. Final dasturi bugun birozdan so'ng bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar