20 sen 15:50
Yangiliklar
Futbol

Oksleyd-CHemberlen "bo'rilar"ga o'tishi mumkin
"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-CHemberlen faoliyatini "Vulverxempton"da davom ettirishi mumkin.
"Mirror" xabariga ko'ra, Tyago Alkantaraning transferidan keyin Aleksga o'yin amaliyoti taqdim etilmasligi mumkin. SHu sababdan Aleks boshqa jamoa tarkibida o'ynamoqchi.
Oksleyd-CHemberlen 2017 yili "Arsenal"dan "Liverpul"ga o'tgandi. SHu davr mobaynida Aleks "qizillar" tarkibida 87 o'yinda 13 gol va 10 assist qayd etdi. Uning transfer narxi 28 mln evroga baholanmoqda.
Havola :
Manba : Mirror
Fikrlar