13 apr 10:01
Yangiliklar
Olimpiada-2008 chempioni, Italiya bayroqdori aukcionga 59 ta lot qo'ydi
Federika o'ziga tegishli 59 ta buyumni kimoshdi savdosiga qo'ydi. Ushbu 59 ta lot orasida Olimpiada chempionining medal hamda sovrinlari ham bor. Aukciondan tushadigan mablag' to'laligicha Italiyada koronavirusga qarshi kurash uchun sarflanadi.
Corriere Dello Sport nashrining xabar berishicha, 2008 yilgi Olimpiada medalidan tashqari 2009 yilgi jahon chempionatining oltin medali ham aukcionga qo'yilgan. O'sha jahon chempionatida Pellegrini rekordlardan birini yangilagan edi.
Malumot uchun, 12 aprel holatiga ko'ra Italiya koronavirus kasalligini yuqtirib olish bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda bormoqda. Hozirda Italiyada infekciyani yuqtirib olganlar soni 150 mingdan oshdi. Ulardan 20 mingga yaqini vafot etgan.
Fikrlar