So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

19 may 11:36
Yangiliklar

Sport kurashlari, Parij-2024

Olimpiada-2024 licenzianti Bekzod Abdurahmonov Parijga bormasligi mumkin

Xabaringiz bor, Bishkek shahrida o'tgan Osiyo qitasi sportchilari uchun Parij-2024 Olimpiadasiga licenziya beruvchi turnirda Bekzod Abdurahmonov o'zining uchinchi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.

74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori 1/2 finalda qirg'izistonlik Orozobek Toktomambetovni 6-0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan va terma jamoamizga navbatdagi licenziyani taqdim etgandi. Bu Abdurahmonov uchun uchinchi Olimpiada bo'lishi kerak.

Ammo shoshilishga biroz erta ekani kecha tarqalgan xabarlarda ayon bo'ldi. Gap shundaki, Bekzod Abdurahmonov Parij-2024 Olimpiadasiga bormasligi, uning o'rnini mahalliylashtirilgan rossiyalik "legioner" Razambek Jamalov egallashi mumkin. Sport kurashlarida ham qoida bo'yicha xuddi og'ir atletikaga o'xshab licenziya jamoaga beriladi. Murabbiylar shtabi xohlasa, Abdurahmonovning licenziyasini kuchli qoldirishi ham mumkin. 

Bizdagi malumotlarga ko'ra, yaxshi niyat bilan O'zbekiston fuqaroligi berilgan Jamalov hozirda o'zining yaxshi sport formasiga kirib olgan. Bekzod ham yomon sport formada emas, aks holda Olimpiada licenziyasini yutib olmasdi. Xasavyurtlik Jamalov ikki karra (2020, 2022) Rossiya chempioni hisoblanadi. Rossiya chempionatining finalida Olimpiada chempioni Zaurbek Sidakov bilan tengma-teng kurashgan. Istedodiga shubha yo'q, lekin so'nggi yillarda jarohatlar iskanjasiga tushib qoldi va buning natijasida juda ko'p musobaqalarda ishtirok eta olmadi. 

Xullas, O'zbekiston sport kurashlari tarixida ilk bor Olimpiadaga boradigan kurashchini shu yo'l bilan aniqlaymiz. Ushbu mini turnir 6-9 iyun kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo'lib o'tadi. Unda eng yaxshi natija qayd etgan kurashchi 74 kg vazn toifasida O'zbekiston nomidan Parij-2024 Olimpiadasiga boradi. U Bekzod Abdurahmonov bo'ladimi yoki Razambek Jamalov, buni tez orada bilib olamiz. 

Murabbiylar shtabi yoki boshqa shaxslarning shu yo'l bilan eng yaxshi kurashchini aniqlashi qanchalik to'g'ri qaror bo'lganini Parij Olimpiadasida bilib olamiz. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing