10 okt 14:59
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Olimpiada-2028 tashkilotchilari lakross, kriket, skvosh, flag-futbol va beysbol kabi sportlarni o'yinlar dasturiga kiritmoqchi
2028 yilgi Olimpiya o'yinlari tashkilotchilari 5 ta sport turini o'yinlar dasturiga kiritishni taklif etdi.
Bu flag-futbol, kriket, lakross, skvosh va beysbol sport turlaridir.
"Taklif qilinayotgan sport turlari rivojlanmoqda va yangicha madaniyatni targ'ib qilmoqda. Ular ommaga moslashgan sportlardir.
Ularni ko'chalar, maktablar, jamoat joylarida, stadionlarda va AQSH hududidagi bog'larda o'ynaladi.
Ular o'yinlarga yangi sportchilarni jalb etadi, turli muxlislik bazalarini yaratadi.
Bu bizning missiyamizga yordam beradi - 2028 yilgi o'yinlardan ajoyib taassurot qoldiradi", - dedi o'yinlar tashkiliy qo'mitasi Keysi Vasserman.
Bu bo'yicha taklif XOQning 15-17 oktyabr kunlari Mumbayda o'tkaziladigan ijroqo'm yig'ilishi davomida ko'rib chiqiladi.
Havola :
Manba : LA2028
Fikrlar