So’nggi yangiliklar

09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0

17 may 07:48
Yangiliklar

Triatlon, Parij-2024

Olimpiada sovrindorlari Parij-2024 yo'llanmasi uchun Samarqandda kurash olib boradi. Triatlon bo'yicha Jahon kubogi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

Xabar berganimizdek, 18-19 may kunlari Samarqand shahrida triatlon va para triatlon bo'yicha Jahon kubogi bosqichi bo'lib o'tadi.

Parij-2024 Olimpiasi uchun qimmatli reyting ochkolari o'ynaladigan ushbu musobaqada Rio-2016, Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindorlari ham ishtirok etishini alohida takidlab o'tmoq zarur.

Ushbu nufuzli musobaqa oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikromov, Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Rustam Qobilov, O'zbekiston triatlon federaciyasi va Xalqaro triatlon federaciyasi rahbariyati vakillari, shuningdek, sportchilar ishtirok etdi. Olamsport.com sayti muxbirlari ham O'zbekiston turizm vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur doirasida ushbu matbuot anjumanida ishtirok etdi.


Tadbirda dastlab, Adham Ilhomovich so'z oldi va O'zbekiston triatlon federaciyasi tashkil topganiga ko'p bo'lmagan bo'lsa-da, nufuzli musobaqalarni tashkil etish borasida katta tajribaga ega bo'lib borayotganini takidladi.

Vazir hafta yakunida bo'lib o'tadigan Jahon kubogi bosqichi ham yuqori saviyada o'tkazilishini aytib o'tdi.


SHuningdek, Adham Ikromov ushbu musobaqada ishtirok etuvchi sportchilar geografiyasi ham keng ekanini alohida takidladi. Turnirda faqatgina Janubiy Amerika mamlakatlari, jumladan, Argentina, Braziliya, CHili kabi davlatlardan sportchilar etib kelishida muammolar yuzaga kelgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing