So’nggi yangiliklar

20:05Дзюдочиларимиз Озарбайжонга жўнаб кетишди 0 19:44Махачев — Майкл Моралеснинг баҳсли рекорди ҳақида: "Уни яна бўғиб қўйиш керак" 0 19:23"Ювентус" юлдуз футболчининг трансфери бўйича музокараларни тўхтатди 0 19:02Усик нега фаолиятини якунламоқчи эмаслигини айтди 0 18:41"Перейрани менга қолдир". Чимаев Жон Жонсга мурожаат қилди 0 18:20Илия Топурия ваъда берди 0 17:59Хаби Алонсонинг қайси клубда фаолиятини давом эттириши мумкинлиги айтилди 0 17:38Мураббий Шара Буллетнинг қачон UFC’га қайтишини айтди 0 17:17MPL Лигасининг келажаги нима бўлади? Маҳмуд Мурадов ойдинлик киритди 0 16:56Илия Топурия UFC’нинг энг ортиқча баҳоланган жангчисини айтди 0 16:35"Барселона" собиқ футболчиси Қозоғистоннинг "Актобе" клубига ўтди 0 16:14Бивол The Ring журналининг 2025 йил якуни бўйича икки мукофотига номзод бўлди 0 15:53Усик Тайсон Фьюри билан трилогия ҳақида гапирди 0 15:32Zuffa Boxing 1 бокс оқшомининг тўлиқ карди эълон қилинди (ФОТО) 0 15:11Иньеста Африканинг Топ терма жамоаси мураббийлар штабига кириши мумкин 0

21 noy 07:51
Yangiliklar

Dzyudo

Olimpiya harakati spartakiadasi. Qashqadaryoda musobaqa yakunlandi

SHu kunlarda Respublikamiz bo'ylab Olimpiya harakati spartakiadasining viloyat bosqichi o'tkazilmoqda.

Bungacha Namangan va Xorazm viloyatida ushbu sport musobaqasi bo'lib o'tgan edi. Spartakiadaning navbatdagisi Qashqadaryo viloyatida tashkil etildi. Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida o'tkazilgan musobaqalarda 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar ishtirok etishdi. 

Ular boks, dzyudo, sport kurashlari, taekvondo, karate, engil atletika bo'yicha o'zaro kurash olib bordilar. Musobaqada kuchli uchlikka kira olgan sportchilar diplom va qimmatbaho sovg'alarga ega bo'ldilar. G'oliblar endi dekabr oyida Toshkent shahri mezbonlik qiladigan Respublika bosqichida ishtirok etadilar.

Poytaxtimiz Toshkentda esa «Olimpiya harakati» spartakiadasi o'zining eng qizg'in pallasiga kirgan. Hozircha dzyudo bo'yicha bellashuvlar nihoyasiga etdi. Oldinda yana bir necha sport turlari bo'yicha bahslar kutib turibdi.

Qayd etish lozimki, ushbu spartakiada yangi nomlarni saralab olish maqsadida tashkil etilmoqda. Musobaqada o'zini ko'rsata olgan sportchilarda keyinchalik terma jamoa safidan o'rin olish imkoniyati paydo bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing