So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

18 mar 09:26
Yangiliklar

Boshqalar

Olimpiya shon-shuhrati muzeyi zamonaviy qiyofa kasb etadi, gimnastikachilar majmuasi ham tamirlanadi

So'nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga har qachongidan jiddiy etibor qaratilmoqda.
Jumladan, Olimpiada o'yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida davlatimiz bayrog'ini yuqori ko'tarishga qodir bo'lgan sportchilarni tayyorlash yo'lida izchil ishlar amalga oshirib kelinayotir.



Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, vazir o'rinbosari Nodir Murotov, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov hamda O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov Toshkent shahridagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyi hamda O'zbekiston Gimnastika federaciyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab mutasaddilar Olimpiya shon-shuhrati muzeyini borib ko'rishdi. Bu erda hozirgi paytda rkonstrukciya ishlari olib borilmoqda. Mazkur muzey dunyodaxuddi shunday beshta muzeyning biridir. Muzey 1996 yilda barpo etilgan. SHundan beri o'z ko'rinishini asl holicha saqlab qolgan ushbu dargohni yangicha uslubda tamirlash bo'yicha topshiriq berilgan.

"CHorak asrdan beri faoliyat olib borayotgan Olimpiya shon-shuhrati muzeyini zamonaviy ko'rinishga keltirish, jahon standartlariga mos ravishda, sifatli qilib tamirlashimiz lozim. Negaki bu muzeyda o'zbek sportining shonli g'alabalari aks etgan. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi bu borada muzeyga amaliy ko'mak berishga kelishib oldi”, - dedi Ravshan Ermatov.

O'rganish davomida muzey rahbariyatiga tamirlash jarayonida nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi borasida ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

SHundan so'ng, mutasaddilar poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan O'zbekiston Gimnastika federaciyasini ham borib ko'rishdi. Federaciyaga qarashli sport saroyi pandemiya sababli bemorlar uchun davolash maskaniga aylantirilgan edi. Hozir bu erda tozalov va dezinfekciya ishlari amalga oshirilib, allaqachon sportchilar mashg'ulotlarga kirishgan. Sport majmuasi bilan tanishish davomida mashg'ulot olib borayotgan sportchilar bilan ham suhbat o'tkazildi. Ularga yaratib berilgan shart-sharoitlar o'rganildi va sportchi qizlarga omad tilandi.

SHuningdek, sport majmuani qayta tamirlash bo'yicha kelishib olindi va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing