01 iyu 22:05
Yangiliklar
![](/upload/storage/803_220.jpg)
Oliy liga. 15-tur. Toshkent derbisida durang, “Nasaf” mag'lub bo'ldi
Birinchi davraning so'nggi 15-turida mavsumning markaziy uchrashuvlaridan biri bo'lib o'tdi. Unda “Lokomotiv” o'z maydonida hamshahri “Bunyodkor” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.
Muborakda o'tgan Qashqadaryo viloyati derbisida esa “Mashal” Qarshining “Nasaf” jamoasini 1:0 hisobida taslim etdi. Yagona gol 45+3-daqiqasida SHahzod SHaymanov tomonidan kiritildi.
“Mashal” (Muborak) – “Nasaf” (Qarshi) 1:0
Gol: SHahzod SHaymanov 45+3, - 1:0.
“Neftchi” (Farg'ona) – “Metallurg” (Bekobod) 1:0
Gol: SHukurali Po'latov 71, - 1:0
“Navbahor” (Namangan) – “Andijon” (Andijon) 2:0
Gollar: Dilshod Jabborov 19, - 1:0, Azam Aliev 21, - 2:0
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Bunyodkor” (Toshkent) 0:0
“So'g'diyona” (Jizzax) – “Qizilqum” (Navoiy) 1:1
Gollar: Sarvar Jo'raev 14, - 1:0, Vyacheslav SHevchenko 88, - 1:1
Fikrlar