06 apr 10:50
Yangiliklar
Oliy liga. Bugun "Lokomotiv" G'uzorda, "Bunyodkor" Toshkentda o'ynaydi
G'uzorda mamlakat chempioni Toshkentning "Lokomotiv" klubi yaqinda bosh murabbiyini istefoga chiqargan "SHo'rtan" mehmoni bo'ladi. "Temiryo'lchilar" mavsumning dastlabki 3ta o'ynida 3ta g'alabaga erishishdi va o'z darvozalaridan gol o'tkazishmadi. "SHo'rtan" esa faqat ilk turda g'alaba qozondi va ketma-ket uchta bahsda yutqazib qo'ydi. Uchrashuv soat 17:00ga belgilangan.
Vice-chempion "Bunyodkor" esa o'z maydonida Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi. "Qaldirg'ochlar" mavsumni g'alaba va ikki durang bilan boshlashdi. "Qizilqum" esa faqat o'z maydonida bitta g'alabaga erishdi va uch bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Mazkur uchrashuv soat 18:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.
5-tur. 6 aprel (payshanba)
SHo'rtan (G'uzor) – Lokomotiv (Toshkent)
6 aprel 2017. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 17:00
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), A. Capenko (Toshkent vil.), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Lupashko (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.
Bunyodkor (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy)
6 aprel 2017. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:00
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), X. SHodmonov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.
Fikrlar