20 apr 21:30
Yangiliklar
Futbol

Oliy liga. "Bunyodkor" o'z maydonida "Dinamo"ni mag'lub eta olmadi
Oliy liganing 7-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Dinamo" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Isroilov uzatib bergan to'pni Qahramonov bir urunishda Zuhurov qo'riqlayotgan darvozaga joylab, hisobni ochdi - 0:1. Etiborlisi, gol muallifi - Qahramonov huquqiy jihatdan "Bunyodkor"ga tegishli bo'lib, yil boshida "Dinamo" jamoasiga ijaraga berilgandi.
26-daqiqada Raqibdan to'pni olib qo'ygan Hamdamov chamasi 18 metrlardan Naumov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi - 1:1. O'yinda boshqa gol urilmadi va bahs 1:1 hisobida o'z yakuniga etdi.
Havola :
Fikrlar