07 apr 06:50
Yangiliklar
Futbol
Oliy liga. “Lokomotiv” va “Bunyodkor” mag'lubiyatga uchradi
Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan dastlabki ikki uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ikkala o'yin ham kutilmagan natija bilan yakunlandi. Amaldagi mamlakat chempioni “Lokomotiv” mehmonda G'uzorning “SHo'rtan” klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Vice-chempioni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi esa o'z muxlislari ko'z o'ngida “Qizilqum”ga 0:1 hisobida yutqazdi.
Oliy liga. 5-tur
“SHo'rtan” (G'uzor) – “Lokomotiv” (Toshkent) 2:0
Gollar: Umarbek Eshmurodov 17, Igor Taran 78.
“Bunyodkor” (Toshkent) – “Qizilqum” (Navoiy) 0:1
Gol: Ilhom Yunusov 41.
Havola :
Fikrlar