So’nggi yangiliklar

09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0

07 dek 13:25
Yangiliklar

Futbol

Olmaliqda Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi kubogi uchun musobaqa o'tkazildi

Teglar :  OlmaliqFutzal
Olmaliq shahridagi Bolalar-o'smirlar sport maktabida mini-futbol bo'yicha ilk bor “Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Kubogi-2019” musobaqasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3031-qarori, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi ijrosini taminlash bo'yicha yoshlarni sportga keng jalb etishni, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019 yil 31 maydagi 1-sonli va 2019 yil 8 oktyabrdagi 9-sonli yig'ilish bayoni ijrosini taminlash maqsadida o'tkazilgan mazkur musobaqada viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, ushbu boshqarma tizimidagi CHirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, sportning yakkakurash turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi, barcha bolalar-o'smirlar sport maktablarining direktor va o'rinbosarlari, metodistlari hamda murabbiylaridan iborat yigirmata jamoa ishtirok etdi. 

Qiziqarli va murosasiz o'tgan bellashuvlar olimpiya qoidalariga muvofiq tashkil etildi. Ayniqsa, musobaqaning yarim final va final o'yinlari shiddatli tus oldi. Uchinchi o'rin uchun Bo'ka va Bekobod tumanlari o'zaro kuch sinashishdi va 3:2 hisobi bilan Bo'ka tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi jamoasi ustunlikka erishib, bronza medallarini qo'lga kiritishdi. 

Faxrli birinchi o'rin uchun CHirchiq IOZMI hamda Yuqorichirchiq BO'SM jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Futzalda anchayin mahoratli bo'lgan CHirchiq IOZMI jamosining qo'li baland keldi. Ular raqiblarini 4:3 hisobida mag'lub etib, bosh sovrin - kubokni qo'lga kiritdi va chempionlikni tantana qilishdi. 

SHuningdek, musobaqada turli nominaciyalar bo'yicha ham eng yaxshilar aniqlandi. Unga ko'ra “Eng yaxshi jamoa” deb Zangiota tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi jamoasi topildi. “Eng yaxshi to'purar”da bir o'yinda to'qqizta gol urgan Olmaliq shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori Ozod Hasanov loyiq ko'rildi. “Eng faol jamoa” nominaciyasi Toshkent tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi jamoasiga nasib etdi.

Bellashuvlar yakuniga etgach, tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Marosimda ishtirok etgan Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi Azamat Turobov g'olib va sovrindorlarni qutlab, jamoalarga diplom, medal, kubok va esdalik sovg'alarini topshirdi.      

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing