03 iyu 07:40
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Rimda asosiy to'rga chiqa olmadi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Italiya poytaxti Rim shahrida o'tkazilayotgan turnirning saralash bahslarida ishtirok etdi.
Sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning saralash bahslarida beshinchi raqam ostida harakat qilgan Omonmurodova ikkinchi bosqichda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Hamyurtimiz dastlab italiyalik Luchiya Bronzettini 6:2, 6:4 hisobida mag'lub etgan edi. Lekin saralashning 2 soatu 21 daqiqa davom etgan ikkinchi bosqich uchrashuvida yana bir mezbon tennischi Deborax Kezaga 6:3, 3:6, 1:6 hisobida yutqazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar