02 iyu 11:52
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova yarim finalda o'zidan 10 yosh kichik tennischi tomonidan to'xtatildi
Xabar berganimizdek, Andijon shahrida "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida bugun yarim final uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Hozirgina dastlabki yarim final bahsi nihoyasiga etdi.
Afsuski, yarim finalga etib kelgan yagona vakilamiz Oqgul Omonmurodova rossiyalik Anastasiya Frolovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bir soatu 16 daqiqa davom etgan uchrashuvda Frolova 6:3, 6:2 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.
Taqqoslash uchun, 32 yoshli Omonmurodova dunyo reytingida 397, 22 yoshli Frolova esa 376-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar