19 apr 08:30
Yangiliklar
Tennis

O'n ikki tennischimizdan bor yo'g'i 3 nafari ikkinchi davraga chiqdi
Buxoro shahridagi “Dilkusho” kortlarida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning asosiy to'riga 12 nafar tennischimiz yo'l olgandi. Ulardan bor yo'g'i 3 nafari ikkinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Hamyurtlarimizdan Sanjar Fayziev, Temur Ismoilov va Saidalo Saidkarimov raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, bosh mukofot uchun kurashni davom ettirish huquqiga ega bo'lishdi.
Sergey Fomin, Azizbek Luqmonov, Pavel Coy, SHoxrux Abdumalikov, Abror Isoqov, Grigoriy Reytman, Olimjon Nabiev, SHonig'matjon SHofayziev va Azamat Luqmonovlar mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar