19 may 08:29
Yangiliklar

Onlayn O'zbekiston chempionatining navbatdagi g'olibi aniqlandi
Etiborli tarafi, chempionat yakuniga etib borgan sari musobaqa ishtirokchilari soni anchagina ortib bormoqda. chess.com saytining Fair Play jamoasi tomonidan taqdim etilgan xulosaga ko'ra ettinchi turnirda bosh sovrin 22 yoshli Xusanov Bekzodga nasib etdi.
Biz Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tavallud topgan Bekzod Xusanovni shaxmat bo'yicha birinchi onlayn O'zbekiston chempionati ettinchi turniridagi g'alabasi bilan tabriklaymiz. Qolganlarga esa halol kurashda chiroyli g'alabaga erishishlarini tilab qolamiz.
Eslatib o'tamiz, shaxmat bo'yicha havaskorlar o'rtasidagi birinchi onlayn O'zbekiston chempionati 20 mayga qadar davom etadi. Sizda g'olib bo'lish imkoni bor, imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
Fikrlar